Jamiyat | 08:58 / 16.11.2017
26475
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xorazmda yangi va zamonaviy Biznes markazi qad rostladi

Foto: “Hamkor” biznes markazi

Hamkorbank o‘z faoliyatining dastlabki kunlaridanoq tadbirkor va ishbilarmonlarga qulay shart-sharoitlar yarata boshladi. Dastlab ular uchun imtiyozli xizmatlar, kreditlar taqdim etilgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib hududlarda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Biznes markazlar qurila boshlandi. Andijon, Namangan va Samarqandda barpo etilgan besh qavatli “Hamkor” xalqaro biznes markazlari buning yorqin misolidir.

Foto: “Hamkor” biznes markazi

Joriy yilda esa mamlakatimizning shimoliy hududi bo‘lmish Xorazm viloyati markazi - Urganch shahrida ham ana shunday yirik majmua barpo etildi. 

Zamonaviy me'morlik andozalari asosida bunyod etilgan mazkur biznes markazi besh qavatdan iborat. Uning birinchi va ikkinchi qavatlaridan Hamkorbank’ning yangi - Xorazm mintaqaviy filiali joy olgan.

Foto: “Hamkor” biznes markazi

Kichik biznes sub'yektlari uchun ofislar esa uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda joylashgan. Shuningdek, markazda anjumanlar zali (140 o‘rinli), o‘quv zali (70 o‘rinli) hamda muzokaralar xonasi mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi rusumdagi multimediya jihozlari bilan ta'minlangan.

Markazning beshinchi qavatida qishki (140 o‘rinli) va yozgi restoran (150 o‘rinli) faoliyat yuritadi. Bu yerda  korporativ tadbirlar, yubileylar, furshetlar va boshqa marosimlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha qulayliklar mavjud.

Foto: “Hamkor” biznes markazi

Binoning eng yuqori nuqtasida joylashgan saylgohdan mahalliy aholi va xorijlik mehmonlar Urganchning ko‘rkam va latofatli qiyofasini miriqib tomosha qilishlari mumkin.

Foto: “Hamkor” biznes markazi

Binodagi qulayliklar shu bilan nihoyalanmaydi. Xorijdan keltirilgan oynavand lift, sahna landshafti, tungi chiroqlar, turfa rangda tovlanuvchi musiqali favvoralar Xorazm aholisi va mehmonlar uchun Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ajoyib tuhfadir.

 

Foto: “Hamkor” biznes markazi

Biznes markaz ichidagi noan'anaviy dizayn asosida bezatilgan keng xoll, anjumanlar zali, dam olish xonasi, eng so‘nggi modeldagi mebel jihozlari, uzluksiz elektr ta'minoti har qanday tadbirkorning qalbida yaxshi ishlash va yashashga ishtiyoq uyg‘otadi.

Ko‘hna va navqiron Urganch shahridagi “Hamkor” biznes markaziga marhamat!

Telefon: (362) 770-55-77
Manzil: Urganch shaxri, M. Xudayberganov ko‘chasi, №1 uy.

Reklama huquqi asosida

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid