Sport | 13:20 / 19.11.2017
24809
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Madrid qonli derbisi. Ramos jiddiy jarohat oldi

Foto: Twitter/@realmadrid

Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda (0:0) jarohat oldi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida «Real» yarimhimoyachisi Kazemiro to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazib berdi, Ramos to‘pni boshi bilan darvozaga to‘g‘rilash uchun oldinga intilgandi. Ammo to‘pga oyog‘ini cho‘zgan «Atletiko» himoyachisi Lyuka Ernandes Ramosning burniga qattiq zarba berdi. Ammo David Fernandes Borbalan Ernandesni o‘sha epizod uchun jazolamadi.

Zarbadan so‘ng Ramosning burnidan qon kelishni boshladi. Birinchi bo‘limdan so‘ng uning o‘ringa Nacho zaxiradan maydonga chiqarildi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid