O‘zbekiston | 21:00 / 22.11.2017
9867
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyalik quruvchilar​ Toshkentda uy-joy, golf kompleksi va mehmonxona barpo etadi

Koreyalik quruvchilar Toshkent shahrida yangi golf kompleksi hamda aholi uchun turar-joy binolarini barpo etadi. Bu haqda Leaders Country Club Co., Ltd., Keumdo Group Co. Ltd hamda Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida imzolangan kelishuvda ma'lum qilingan.

Kelishuvga ko‘ra, golf kompleksi loyihasining umumiy qiymati 70 mln. AQSh dollariga baholangan, shuningdek, ushbu mablag‘lar Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekistonga olib kiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya orqali qoplanadi. Keumdo Group Co. Ltd​ bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, ko‘p funksiyali uy-joy qurilishiga 8 mln. AQSh dollari yo‘naltiriladi.

22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya davlat qo‘mitasi hamda Jeil Construction​ rahbariyati o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Toshkent viloyatida umumiy qiymati 6 mln. AQSh dollariga teng energo samarador eko-qishloq loyihasi barpo etiladi.

Janubiy Koreyaning G&W Co. Ltd vakillari esa 28 mln. AQSh dollariga teng sarmoya bilan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazini qurishda ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi. Bomi Engineering and Construction​ kompaniyasi umumiy qiymati 100 mln AQSh dollariga teng loyiha asosida ko‘p funksiyali ishbilarmonlik markazi va mehmonxona kompleksini qurishi bildirildi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid