Sport | 15:17 / 26.11.2017
15890
1 daqiqa o‘qiladi

Iqboljon Xoldorov Rossiyadagi xalqaro turnir finalida mag‘lubiyatga uchradi

Foto: Kun.uz

Rossiyaning Beloyarskiy shahrida boks bo‘yicha «Neft mamlakatlari kubogi» da O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi sportchisi final jangini o‘tkazdi.

64 kg.gacha vaznda ringga chiqqan jahon chempionatining kumush medal sohibi Iqboljon Xoldorov mezbonlar vakili Grigoriy Lizunenkoga qarshi jang olib bordi.

Uch raund yakuniga ko‘ra, Xoldorov ochkolar hisobida mezbonlar vakiliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Hasanboy Do‘smatov -52 kg vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Bugun shuningdek yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarida ishtirok etadi. 75kg.ga vaznda Isroil Madrimov Andrey Kovalchuk bilan, Sanjar Tursunov (-91 kg) esa yana bir mezbon sportchi Vasiliy Zveryanga qarshi ringga ko‘tariladi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid