O‘zbekiston | 08:03 / 28.11.2017
22585
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik jurnalistlar Samarqandda iliq kutib olindi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida turizm targ‘iboti Samarqand – Istanbul aviaqatnovini ochish, turkiyalik jurnalistlarni O‘zbekistonga taklif etish haqida gapirgan, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi raisi U.Roziqulov bu borada va'da bergan edi.

Ko‘p o‘tmay Samarqanddan Turkiyaning Istanbul shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviayo‘nalish yo‘lga qo‘yildi.

Bugun ana shu kelishuv yuzasidan turkiyalik jurnalistlar guruhi Samarqandga tashrif buyurishdi. Erta tongda Istanbul – Samarqand reysi bilan uchib kelgan samolyotni kutib olish uchun «O‘zbekiston havo yillari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Umid Husanov, Samarqand shahri hokimi Furqat Rahimov, turizm masalalari bo‘yicha Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari Munis Voseyev, jurnalistlar va jamoatchilik ahli chiqishdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Karnay-surnay sadolari ostida qardosh jurnalistlar non va shirinliklar bilan kutib olindi. Aeroport foyesida bo‘lib o‘tgan qisqa suhbatda shahar hokimi F.Rahimov mehmonlarni qutlar ekan, uyushtirilayotgan bu tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

Foto: Kun.uz

Turkiyalik jurnalistlar esa iliq kutib olishgani uchun Samarqand ahliga minnatdorchilik bildirishdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Tashrif dasturiga ko‘ra jurnalistlar bugun Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishishadi. Ertaga ular Buxoro shahriga safar uyushtirishadi. Uchinchi kuni ketish oldidan yana Samarqandning diqqatga sazovor joylarini aylanishadi.

Shuhrat Shokirjonov,
KUN.UZ muxbiri

Mavzuga oid