Jamiyat | 08:20 / 02.12.2017
20983
2 daqiqa o‘qiladi

Doner kamsitilmoqda – Yevropa shaurmani taqiqlashi mumkin

Foto: AP

Yevropada tezpishar taomlardan biri taqiqlanishi mumkin. Doner-kabob go‘shti tarkibida fosfat borligi shunga olib kelishi ehtimol. Bu haqda Yevroparlament saytida xabar qilinmoqda

Yevropa komissiyasi do‘konlarga olib kelinadigan qo‘y, mol va buzoq go‘shtlarida fosfatlar bo‘lishiga ruxsat berishni taklif qilganida mamlakatlar hukumatlari shu masalani ko‘targan. Yevroparlament sog‘liqni saqlash qo‘mitasi bu tashabbusga qarshi ovoz bergan. Qo‘mita tayangan tadqiqotga ko‘ra, fosfatli taomlarni iste'mol qiliish bilan yurak-qon tomir kasalliklari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bor. 

Endilikda, Yevroparlamentning 11-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan majlisida mutlaq ko‘pchilik qo‘mita qarorini qo‘llab-quvvatlasa, bu qonun loyihasini Yevrokomissiyaga qaytaradi hamda doner-kabob ishlab chiqaruvchilarni noqonuniy qilib qo‘yadi.
 
Metro nashrining yozishicha, fosfatlarning go‘shtlarga qo‘shilishi qo‘shimcha maza beradi. Bu tezpishar ovqat Germaniyada ancha keng tarqalgan. Kabob pishiruvchilar "doner kamsitilayotgani" haqida bong urishmoqda. Ular hukumatni turk biznesiga to‘sqinlik qilishga urinayotganlikda ayblamoqda. 

Bild nashri esa, fosfatlarni taqiqlash faqatgina muzlatilgan go‘shtdan kabob tayyorlovchilarga tegishli bo‘lishini qayd etmoqda. Bu kimyoviy moddalardan foydalanish go‘sht muzlatilganda tolalarga parchalanmasligini ta'minlaydi. 

Mavzuga oid