Maslyakovning ishdan ketishiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Foto: RIA "Novosti"
KVN Xalqaro ittifoqi prezidenti Aleksandr Maslyakov «Planeta KVN» Moskva yoshlar markazi direktorligi lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra ketgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Moskva hukumati Maslyakovni korxona direktori lavozimidan 2017 yilning iyulida chetlashtirgan. Bu prokuraturaga kelib tushgan qator murojaatlardan so‘ng yuz berdi. O‘z navbatida KVN ittifoqidan aniqlik kiritishlaricha, uning o‘zi 2017 yilning boshida bu jarayon tashabbusi bilan chiqqan. Bu uning mehnat faoliyatini federal qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish tufayli qilingan.
«Biroq qator holatlar tufayli, jumladan ba'zi byurokratik holatlar sabab, bu jarayon bir qadar cho‘zildi. Shu bilan birga, bu ishdan bo‘shatish qonun talablariga to‘liq muvofiq holatga keltirildi», - deya xabar bergan KVN ittifoqi vakillari. Shuningdek ularning aniqlik kiritishicha, Maslyakovning prokuratura tekshiruvlaridan xabari bo‘lmagan.
Avvalroq Transparency International tashkiloti saytida Maslyakov prokuratura tekshiruvlari sabab lavozimini tark etgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Jurnalistlarning fikricha, bu «Aleksandr Maslyakov i kompaniya» televizion ijodiy birlashmasiga «Gavana» kinoteatrining berilishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid

21:31 / 08.09.2024
Rossiyada uzoq yillar KVN boshlovchisi bo‘lgan Aleksandr Maslyakov vafot etdi

16:00 / 20.05.2021
“Toshkent siti” jamoasi xalqaro KVN bellashuvida g‘olib bo‘ldi

23:13 / 11.07.2018
KVN bo‘yicha Tojikiston terma jamoasi sardori 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi

09:17 / 11.12.2017