Sport | 23:23 / 08.12.2017
26916
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yakkakurash jangchisi Mahmud Murodov chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi   

Foto: CZECHFIGHTER.cz

O‘zbekistonlik MMA yakkakurash jangchisi Mahmud Murodov Pragadagi “O2” arenasida chexiyalik Tomash Penz bilan bellashdi. Hamyurtimiz raqibini mag‘lub etib, XFN (X Fight Nights) chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv uzoq davom etmadi: Murodov 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratib, g‘alaba qozondi.

Murodov uchun bu jang XFN kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi doirasida o‘tkazgan oxirgi jangi bo‘ldi. Avvalroq Murodov XFN musobaqalari doirasida 3 marta ringga ko‘tarilib, 2 marta zafar quchgan, bir marta mag‘lub bo‘lgan. Kelgusida Murodov amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga qarashli The Money Team (TMT) klubida ishtirok etadi.

Bugungi kunda Murodovning hisobida XFN kamaridan tashqari, Caveam versiyasi bo‘yicha jahon chempioni va World Kickboxing Network versiyasi bo‘yicha qit'alararo chempion unvonlari bor.

 

Mavzuga oid