Sport | 14:30 / 14.12.2017
21705
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Belgradda qonli derbi

Serbiya chempionatining 22-turi doirasida, Belgradning «Partizan» va «Tsrvena Zvezda» jamoalari o‘rtasida kechgan (1:1) derbi uchrashuvi vaqtida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Mushtlashuv oqibatida o‘nlab kishilar jarohatlangan. Ular orasida 4 nafar politsiyachi ham bor.

E'tiborli jihati, janjal ikki raqib jamoa muxlislari o‘rtasida emas, «Partizan» fanatlarining («grobareylar») ikki guruhi o‘rtasida ro‘y bergan. Vaziyatga politsiya aralashgan, bezorilar hibsga olingan.

Muxlislardan birining bel qismiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, ayni vaqtda u shifoxonada qolmoqda.

Ma'lum qilinishicha, «Marakana» stadionining «Partizan» fan klubi joylashgan janubiy tribunasi «Alkatras» guruhiga tegishli bo‘lib, shu kuni «Yang boyz» bandasi bu joyni ulardan tortib olishga harakat qilgan. Yakunda mojaro qonli tus olgan. To‘qnashuv vaqtida pirotexnika vositalari qo‘llangan. Ba'zi bezorilarni tribunadan yalang‘och holda chiqarib yuborishgan. Politsiya vaziyatga aralashib, isyonchi fanatlarni olib ketgan.

Mavzuga oid

E`lonlar