Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In otasining qabriga bordi va va'da berdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Kimsusan memorial majmuasiga tashrif buyurdi, bu yerda uning otasi Kim Chen Ir dafn etilgan. Koreya Markaziy telegraf agentligining dushanba kuni xabar berishicha, u hisob bo‘yicha ikkinchi davlat rahbarini yodga olgan. 17 dekabr kuni Kim Chen Irning hayotdan ko‘z yumganiga olti yil to‘ldi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In majmuaga yakshanba kuni tashrif buyurib, o‘zining otasi haykali poyiga gullarga to‘la savat qo‘ygan. U tashrif chog‘ida KXDRni “siyosatda erkin, iqtisodiyotda mustaqil va mudofaada o‘z kuchiga ishonadigan” davlatga aylantirish uchun “yanada qat'iy kurash olib borishga” va'da bergan.
KXDR yetakchisi har yili o‘z otasi vafot etgan kunda Kimsusan memorial majmuasiga tashrif buyuradi. Kim Chen Ir esa 1994-2011 yillarda Shimoliy Koreya rahbari bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025