Sport | 00:49 / 19.12.2017
32276
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «Real»ga Muhammad Saloh narxini e'lon qildi

Calcio Mercato xabariga ko‘ra, «Liverpul» klubi hujumchi Muhammad Salohni «Real»ga sotishga qarshi emas.

Ammo, «galaktikos» buning uchun 100 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, agar bitimga Garet Beyl qo‘shib berilsa, «Liverpul» futbolchining narxini tushirishi mumkin. Biroq, bu taklif madridliklarni qoniqtirmasligi aniq. Chunki «Real» Beyl transferidan kamida 90 million yevro ishlab olmoqchi.

Ayni paytda, Muhammad Saloh APL to‘purarlari safida boryapti. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 20ta gol urgan.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid