Falastinliklar Isroilning Quds haqidagi qonunini urush e'lon qilish deb hisoblashmoqda
Isroil parlamenti Knesset tomonidan yagona Quds haqidagi qonunning qabul qilinishi bu — falastinliklarga qarshi urush e'lon qilishdir. WAFA agentligi Falastin milliy ma'muriyati (FMM) rahbariyatining rasmiy vakili Nabil Abu Rudayna shunday fikr bildirganini ma'lum qilmoqda, deb yozadi TASS.
«Yagona Quds haqidagi qonunga ovoz berish Falastin xalqiga, uning siyosiy va diniy birligiga qarshi urush e'lon qilishni bildiradi», — degan Abu Rudayna. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil shu yo‘l bilan «tinchlik jarayoniga nuqta qo‘yilganini rasman e'lon qilib, amalda diktatorlik siyosatini boshlamoqda».
Bir muddat avval Isroil parlamenti yakuniy o‘qishda yagona Quds haqidagi qonunni qabul qildi va unga ko‘ra Tel-Aviv tomonidan «yagona va bo‘linmas poytaxt» deb ataluvchi bu shaharning har qanday qismini berib yuborish Knessetning (avvalgi 61 o‘rniga) kamida 80 nafar deputati roziligi bilan amalga oshirilishini belgilab qo‘ydi. O‘z navbatida falastinliklar shaharning sharqiy qismini o‘z davlati poytaxti qilishni istashmoqda.
Falastinning ikki yirik franktsiyasidan biri — HAMAS harakati Knessetning qaroriga javoban Isroilga nisbatan bosib olingan hududlar — O‘rdun daryosining g‘arbiy sohili va G‘azo bo‘lgasida qarshilikni kuchaytirishga chaqirdi. HAMAS rahbariyati Isroil tomonining bunday xatti-harakatlari Falastin prezidenti Mahmud Abbosni Tel-Aviv bilan xavfsizlik sohasida har qanday aloqalarni bas qilib, Oslo bitimlariga amal qilish tugaganligini e'lon qilishga undashi kerak, deb hisoblamoqda.
1990 yillar boshida Norvegiya poytaxti Oslo shahrida imzolangan bitimga ko‘ra, Isroil Falastin ozodlik tashkilotini Falastin xalqining qonuniy vakili sifatida tan oladi va FOTning bosib olingan hududlarda faoliyat ko‘rsatishiga rozilik beradi. O‘sha bitimga ko‘ra, falastinliklar Isroilning tinchlik va xavfsizlikda mavjud bo‘lish huquqini tan olib, terrorizmdan voz kechish hamda ikkitomonlama mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish majburiyatini o‘z gardaniga olishgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024