Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari tizimi tubdan takomillashtiriladi
O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari tizimi tubdan takomillashtiriladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yil davomida ishlab chiqiladi.
Loyihalarda:
davlat organlarining turlari (vazirlik, davlat qo‘mitasi, agentlik, inspeksiya, markaz va h.k.), farqlanuvchi jihatlari va vazifalari;
davlat organlariga xos bo‘lgan maxsus funksiyalar doirasi;
vazifalari o‘zaro takrorlanuvchi vazirlik va idoralarni maqbullashtirish hamda birlashtirish;
agentliklar, qo‘mitalar, inspeksiyalar va markazlarni tegishli vazirliklarga bo‘ysundirish;
davlat boshqaruv organlarining yagona ro‘yxatini belgilash;
boshqaruvning innovatsion shakllarini joriy etish;
davlat vazifalarini tadbirkorlar va jamoatchilikni teng hamkor sifatida jalb etgan holda bajarish mexanizmlarini takomillashtirish;
Vazirlar Mahkamasining va uning ijro etuvchi apparatidan vazirliklarga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, respublika boshqaruv organlaridan hududiy organlarga o‘tkazilayotgan funksiyalar doirasi nazarda tutiladi.
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar bu borada mas'ul etib belgilandi.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi
23:32 / 30.01.2024