Iqtisodiyot | 07:52 / 10.01.2018
14957
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon iqtisodiyoti bo‘yicha yaqin o‘n yillik uchun prognoz berildi

Foto: Illyustrativ foto

2018 yilda jahon iqtisodiyoti 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin ilk bor o‘sishining eng yuqori nuqtasiga yetadi, biroq yaqin 10 yil ichida u iqtisodiyotning davriy xarakteriga mos ravishda taxminan 2,3 foizgacha susayib boradi. Bu haqda Jahon bankining Global Economic Prospects prognozining yanvardagi muallifi Francheska Onsorg jurnalistlarga ma'lum qildi.  

Jahon banki prognoziga ko‘ra, 2018 yilda dunyo yalpi ichki mahsuloti kutilayotgan 2,9 foiz o‘rniga 3,1 foizga o‘sadi, 2019 yilda esa o‘sish 3 foizni tashkil qiladi. Jahon YaIM o‘sishiga investitsiyalar, ishlab chiqarish sanoati hamda savdo hajmi o‘sishi turtki beradi. Bundan tashqari, jahon ishlab chiqarishidagi salbiy tavofut barham topadi.     

Biroq Onsorgning aytishicha, Jahon bankining keyingi 10 yil uchun prognozlari uncha ham quvonarli emas. Mutaxassisning aytishicha, iqtisodiyotning davriy tabiatiga mos ravishda hamda bankning bir qator taxminlariga ko‘ra, keyigi o‘n yillikda jahon iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashadi.   

“Keyingi o‘n yillikda jahon iqtisodiyoti o‘sishi potensiali 2,3 foizga yaqinni tashkil qilishi mumkin. Bunda o‘sish jahon moliyaviy inqirozigacha bo‘lgan o‘n yillikdagidan 1,5 foizga pastroq bo‘lishi mumkin”, deb aytmoqda iqtisodchi.  

Jahon banki asosiy xatarlarni “ayni vaqtda juda zaif” va retsessiya alomatlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan moliyaviy bozorlarda ko‘rmoqda. 

Mavzuga oid