O‘zbekiston | 17:10 / 14.01.2018
100009
2 daqiqa o‘qiladi

Denovda 9 ming kilogrammga yaqin masalliqdan palov tayyorlandi

14 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Denov shahridagi markaziy o‘yingohda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan katta qozonda osh tayyorlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Palovni suzish jarayoniga 76 ming kishi tashrif buyurdi. Tayyor bo‘lgan milliy taom tumandagi 106 mahalla, muruvvat uyi, harbiy qismlar va tuman shifoxonasidagi bemorlarga tarqatildi.

KUN.UZ tahririyatiga yetkazilgan xabarda oshning masallig‘iga qancha miqdordagi mahsulot ketgani haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi:

  • Guruch - 2200 kg;
  • Go‘sht - 2 tonna;
  • Sabzi - 2600 kg;
  • Yog‘: dumba - 250 kg, zig‘ir - 250 kg, paxta yog‘i - 250 kg, kungaboqar yog‘i - 100 l;
  • No‘xat - 240 kg;
  • Piyoz - 200 kg;
  • Mayiz - 100 kg;
  • Zira - 5 kg;
  • Murch - 5 kg;
  • Zarchava - 2 kg;
  • Suv - 500 litr;
  • Tuz - 110 kg;

Jami ishlatilgan masalliqlarning miqdori 8900 kg bo‘lgan. Biroq tayyor bo‘lgan palov tarozida tortilmagan.

Qayd etish joizki, 7 sentabr kuni Toshkentda tayyorlangan 7360 kilolik osh Ginnesning Rekordlar kitobidan joy olgan edi. O‘shanda palovni tayyorlash uchun 1500 kg mol go‘shti, 400 kg qo‘y go‘shti, 220 kg dumba va eng asosiysi, 1900 kg guruch, 2700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i, 57 kg tuz ham solingan. Bularning barchasiga 100 kg no‘xat, 190 kg mayiz, 5 kg zira, 2 kg yanchilgan qalampir, 1 kg zarchava va 350 litr suv qo‘shilgan edi.

 

Mavzuga oid