Jamiyat | 10:30 / 14.01.2018
2368
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyadagi dam olish markazida chiqqan yong‘inda 8 kishi halok bo‘ldi

Portugaliyaning Vila-Nova-de-Rainya shahridagi dam olish markazida chiqqan yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Voqea 13 yanvar kuni kechki payt markaz binosida o‘tayotgan qarta musobaqasi vaqtida yuz bergan. Shahar meri Xose Antonio de Xesusning aytishicha, musobaqada 60 dan ko‘proq odam bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilarning ma'lum qilishicha, yong‘inga qozonxonaning portlashi sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar, politsiya voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid