Jahon | 08:17 / 15.01.2018
12312
3 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Abbos AQSh va Isroilning talabini rad etdi

Foto:AP Photo / Emrah Gurel

Falastin yetakchisi Mahmud Abbos AQSh va Isroilning Isroil qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan hamyurtlari va isroilliklarga hujum paytida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga to‘lovlar amalga oshirish bo‘yicha talabiga rad javobini berdi.

Isroil va AQSh bunday xarajatlarni terrorni rag‘batlantirish sifatida ko‘rmoqda hamda uning hajmini yiliga 360 million dollarga yoki Falastin milliy ma'muriyati byudjyetining 7 foiziga baholamoqda.

"Biz AQShning mahkumlar va jafokashlar oila a'zolariga pul to‘lovlarini amalga oshirishni to‘xtatish bo‘yicha talabini rad etamiz", - deya ma'lum qilgan Abbos Falastinni ozod qilish Tashkiloti Markaziy kengashining favqulodda yig‘ilishida nutq so‘zlab.

AQSh rad javobi beriladigan bo‘lsa, falastinliklarga yordamni qisqartirish, Isroil esa – Falastin milliy ma'muriyati nomidan yig‘iluvchi va uning byudjyetiga o‘tkaziluvchi soliqlar hamda bojlar bir qismini olib qo‘yish bilan tahdid qilmoqda.

Shuningdek, Mahmud Abbos Isroil bilan kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil uni bajarayotgani yo‘q.

U Isroilni o‘zining siyosati bilan Oslo kelishuviga yakun yasashda aybladi. Kelishuvga ko‘ra, Falastinning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyat olib boradi va Yaqin Sharqdagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha rejalar ishlab chiqiladi.

"Biz Markaziy kengashni Isroil hukumati bilan imzolangan kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga chaqiramiz, sababi Isroil uni bajarayotgani yo‘q", - dedi Abbos.

Abbos Falastin milliy ma'muriyati tarqatib yuborilishiga oid to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonot bermagan, biroq u “joylardagi real vakolatlarsiz” faoliyat ko‘rsatishiga rozi bo‘lmasligini bildirdi.

"Aynan Isroil Oslodagi kelishuvni G‘arbiy qirg‘oq va al-Qudsdagi turar-joylari bilan yakunlab berdi", - degan Abbos.

Mavzuga oid