Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilgi Olimpiada ishtirokchilariga maxsus Galaxy Note 8 smartfonlari sovg‘a qilinadi
Janubiy Koreyaning Pyongchangida o‘tadigan 2018 yilgi qishqi Olimpiadaning rasmiy hamkori Samsung Electronics Co. Olimpiadaga tashrif buyuruvchi sportchilar va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi vakillariga cheklangan miqdorda chiqarilgan, maxsus Galaxy Note 8 smartfonlarini sovg‘a qiladi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bu maqsadda Olimpiya mavzusida bezalgan 4 mingta gadjyet chiqariladi. Smartfonlar oq rangda bo‘ladi va orqa paneliga tillarang Olimpiya halqalari tushiriladi.
Kompaniyada ma'lum qilinishicha, qurilmalarda Olimpiada mavzusidagi fonlar hamda 2018 yilgi Olimpiada haqida ma'lumot topish mumkin bo‘ladigan dastur o‘rnatilgan bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025