Migratsiya agentligi sobiq rahbari yana lavozimga qaytdi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sobiq rahbari Ulug‘bek Nazarov yana lavozimga qaytdi. Ushbu ma'lumotni Kun.uz'ga vazirlikdagi bir nechta mustaqil axborot manbalari tasdiqladi.
Ma'lum qilinishicha, agentlik sobiq rahbari ayni paytda mazkur tashkilot rahbari o‘rinbosari sifatida ish boshlagan. Nazarov sakkiz oy ilgari lavozimidan bo‘shatilgandi. Shundan so‘ng, Asamov Hojibaxlil Fazlitdinovich agentlikka vaqtinchalik rahbar sifatida tayinlangani e'lon qilingan. Bu o‘zgarish agentlik Janubiy Koreyada ishlashni istovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha mart oyi oxiri va aprel oyi boshida o‘tkazgan test sinovlarida tushunmovchiliklar ro‘y berishi hamda buning ortidan jamoatchilikning noroziligi kelib chiqishi fonida ro‘y bergani aytilgandi. Biroq, agentlik rasmiy saytida na Ulug‘bek Nazarov, na Hojibaxlil Asomov rahbariyat qatorida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid: Halima enam allalaridan Ahmad qachon o‘lganigacha. Koreyaga ishchilar kerakmi yoki professorlar?
2017 yilning 27-28-29-30 mart kunlari Koreyada ishlashni istagan fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni o‘tkazilishini e'lon qilingach, ushbu jarayonni o‘tkazishda qator muammolar paydo bo‘lgandi. Ya'ni, Janubiy Koreyada ishlash istagini bildirgan fuqarolar «login va parollar xato, savollarning saviyasi mehnat munosabatlariga nomutanosib ekanligini» aytishgan.
Mavzuga oid: Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining to‘rt kunlik tomoshasi
Mavzuga oid: Audio. Migratsiya agentligi bildirgan yagona munosabat
Ulug‘bek Nazarov ishdan olinishi bilan agentlik o‘tkazilgan ro‘yxatga olish va test sinovi natijalarini bekor qilingani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
14:24 / 24.03.2023
Mehnat migratsiyasi sohasida hamon “eski tos, eski tog‘ora”. Yashirin o‘yinlar mamlakat zarariga ishlayapti
12:32 / 12.03.2023
Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi
20:15 / 09.08.2022
Permdagi o‘zbeklar Ukrainadagi urushda qatnashishga da’vat qilindi. Migratsiya agentligi oqibatlardan ogohlantirdi
10:56 / 26.07.2022