Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayfullo Soipovning advokatlari ayblovchi tomonga bitim tuzishni taklif qilishdi
Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Saipovning advokatlari tergovga sudlanuvchiga o‘lim jazosidan qutulib qolishga imkon beruvchi bitimni taklif qilishdi. Bu haqda sud hujjatlarida aytilgan.
“Ayblovchi tomonning o‘lim jazosi berilishini talab qilmasligi omma va jabrlanuvchilarga 2017 yil 31 oktabrdagi dahshatli voqealarga takror qaytish zaruratisiz ishni zudlik bilan yakunlashga imkon berardi”, deb aytilgan himoya tomonining iltimosnomasida. Ayblov tomon Soipovga o‘lim jazosi berilishini talab qilishi bo‘yicha hozircha bir qarorga kelmagan, bu borada bosh prokuror Jyeff Seshnsning qarori kutilmoqda.
31 oktabrda Nyu-Yorkning Manxetten tumanida Soipov yuk mashinasida velosiped yo‘lkasiga chiqib, yo‘lida uchragan velosipedchilarni bosib, maktab avtobusiga borib urilmaguncha, bir necha ko‘cha yurib o‘tgan. Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, jarohat olgani sabab shifoxonaga yetkazilgan.
2017 yil noyabr oxirida Soipov Nyu-York federal sudiga olib kelingan, biroq u o‘z aybini tan olmagan. Unga umumiy hisobda 8 ta qotillik, 12 ta qotillikka urinish, IShID terrorchilik guruhiga ko‘mak berish va bunga urinish, zo‘ravonlik va transport vositasiga shikast yetkazish ayblovlari qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
17:55 / 08.04.2025
Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich
19:10 / 20.03.2025
Xitoyda to‘rt nafar Kanada fuqarosi qatl etildi
16:33 / 19.03.2025