Jahon | 09:40 / 19.01.2018
16419
1 daqiqa o‘qiladi

Video: dron cho‘kayotgan ikki o‘smirni qutqardi

Dron ochiq dengizga chiqib qolgan avstraliyalik ikki o‘smirni qutqarishda yordam berdi. Bu haqda Surf Life Saving tashkiloti saytida xabar qilingan. Tegishli video YouTube’da joylashtirildi.

Xabar qilinishicha, qutqaruvchilar akulalar tomonidan hujumlar sonini kamaytirish bo‘yicha davlat dasturi doirasida tajribalar o‘tkazishga tayyorlanishayotgan bo‘lgan. Ularga ochiq okeanga chiqib qolgan ikki syorfingchini qutqarib olish lozimligi haqida xabar kelib tushdi. Qutqaruvchilar dronga maxsus moslamasini mahkamlab, uchar qurilmani voqea joyiga yuborishgan.

Jarayon dronda o‘rnatilgan kameraga olindi. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, uchuvchisiz uchar qurilma cho‘kayotganlarga maxsus solni tushirgan va o‘smirlar uning yordamida qirg‘oqqa chiqib olishgan.

Tashkilot xabariga ko‘ra, bu cho‘kayotgan odamlarni drondan foydalangan holda qutqarish bo‘yicha birinchi holatga aylandi.

Mavzuga oid