«O‘zbekiston havo yo‘llari» Bombardier samolyotlarini xarid qilishi mumkin
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi mutaxassislari hamda Arcos Jet va Bombardier Business Aircraft kompaniyalarining vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida hamkorlik aloqalari muhokama etildi. Dastur davomida Bombardier samolyotining Toshkent uzra parvozi namoyish etildi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent-Sharqiy aerodromi loyihasi bilan tanishish jarayonida O‘zbekistonda biznes-aviatsiyani rivojlantirish muhimligini alohida ta'kidlagan edi.
Arcos Jet va Bombardier Business Aircraft kompaniyasi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuv O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan yangi imkoniyatlarni ochadigan va tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratadigan biznes-aviatsiyani rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilayotganining amaldagi tasdig‘i bo‘ldi. Loyiha O‘zbekistondagi va xorijiy tadbirkorlarga mahsulotlarini tashqi bozorga olib chiqish va yangi biznes hamkorlarni topish masalalarini tezroq hal qilish imkonini beradi
- Yurtingizga ilk bora kelishimiz va O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi bizni taklif etganidan behad mamnunmiz, - deya ta'kidladi Bombardier Business Aircraft kompaniyasining Sharqiy Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy vitse-prezidenti Valeriya Kolyuchaya. - O‘ylaymanki, biznes-aviatsiyani rivojlantirish borasidagi hamkorlik aloqalarimiz yaqin istiqbolda o‘zining ijobiy natijalarini beradi. Faoliyatimiz asosan, samolyotlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq bo‘lsada, biznes-aviatsiyasi bozorining boshqa - havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ekipaj a'zolarini tayyorlash va ularni huquqiy jihatdan muhofazalash, shuningdek samolyotni sotish yoki ijaraga berish jarayonida yuzaga keladigan lizing, sug‘urtalash, moliyalashtirish, taxminiy narxni oldindan belgilash kabi turlarini ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga erishganmiz.
- Bu O‘zbekiston aviakompaniyasi bilan birinchi ish tajribamiz, biz buni kelgusidagi hamkorlikning poydevori bo‘lishiga, mintaqadagi biznes-aviatsiyasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonamiz- dedi Arcos Jet boshqaruvchi hamkori Mixail Alyonkin.– Hamma yerda bunday servisga talab bor va u o‘z istiqboliga ega. O‘z navbatida biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizga havo kemalarini yetkazib berish va xarid qilishdan tortib, ularni ekspluatatsiya qilish va tijorat yuklamasiga qadar bo‘lgan yangi imkoniyatlarni taklif qilamiz. Biz o‘zbek hamkorlarimiz bilan o‘z tajribalarimizni bo‘lishishga tayyormiz. O‘ylaymanki, bizning hamkorlikdagi ishimiz xorijiy investorlarga va o‘zbekistonlik tadbirkorlarga mahsulotlarini tashqi bozorga olib chiqish va yangi biznes hamkorlarni topishga yordam beradi.
Ishbilarmon doiradagi uchrashuv davomida Bombardier samolyotining taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuv ishtirokchilari uning texnik xarakteristikalari va aviatsion imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Muzokaralar natijasida MAK va biznes-hamkorlarning o‘zaro harakatlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash haqida kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
20:47 / 21.09.2024