Sport | 21:30 / 23.01.2018
16303
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonlari reytingi e'lon qilindi

Germaniyaning Transfermarkt portali dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonlari reytingini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, «Bavariya» posboni Manuel Noyyer 15 mln yevro maosh bilan, ro‘yxatning birinchi pog‘onasida boryapti. «Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea 10,4 mln yevro maosh bilan undan ancha orqada qolyapti. Yuqori uchlikni «Barselona» posboni Mark Andre ter Stegen yakunlab beradi - 8 mln yevro.

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonlari:

Manuel Noyyer (Bavariya) - 15 mln yevro
David De Xea (Manchester Yunayted) - 10,4 mln yevro
Mark Andre ter Stegen (Barselona) - 8 mln yevro
Ugo Loris (Tottenhem) - 7 mln yevro
Janluiji Donnarumma (Milan) - 6 mln yevro
Tibo Kurtua (Chelsi) - 5,9 mln yevro
Keylor Navas (Real Madrid) - 5 mln yevro
Janluij Buffon (Yuventus) - 4,5 mln yevro
Ederson (Manchester Siti) - 3,7 mln yevro
Samir Handanovich (Inter) - 3,5 mln yevro

 

Mavzuga oid