Jahon | 00:20 / 24.01.2018
9709
1 daqiqa o‘qiladi

Afrinning o‘qqa tutilishi tinch aholi orasida qurbonlarga olib keldi – BMT

Foto: Sputnik Türkiye/Hikmet Durgun

Suriyaning Afrin shahri o‘qqa tutilish tinch aholi orasida qurbonlarga, 6 ming kishining o‘z uyini tark etishiga olib keldi. Bu haqda BMT bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi. 

“Oxirgi kunlarda o‘qqa tutish oqibatida tinch aholi halok bo‘ldi”, deb aytgan BMT vakili jurnalistlar bilan brifingda. Uning aytishicha, Turkiya bilan chegaradosh shaharlar eng kuchli o‘qqa tutishlarga uchramoqda. U, shuningdek, Suriyadan Turkiyaning o‘qqa tutilishiga ham e'tibor qaratib o‘tdi. 

Uning aytishicha, 5 ming kishi yaqin oradagi qishloqlarda boshpana topgan, yana ming kishi Halabga yo‘l olgan.

Turkiya qurolli kuchlari 20 yanvarda Afrindagi kurd qurollangan tuzilmalariga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Damashq bunga qarshi chiqmoqda.

 

Mavzuga oid