Jahon | 11:21 / 27.01.2018
49776
1 daqiqa o‘qiladi

Filning sher bilan jangi videoga olindi

O‘n yetti yoshli Nablus laqabli fil ovga chiqqan sherdan kichik filchani qutqarib qoldi. Hodisa Keniyaning Samburu qo‘riqxonasida yuz bergan.

Ushbu holat tasvirlangan rolik Daily Mail nashri tomonidan 26 yanvar, juma kuni e'lon qilindi.

Voqeani britaniyalik Mett Brirli tasvirga tushirgan, u yovvoyi tabiatni suratga olish bilan shug‘ullanadi. Tasvirchi onasining ortidan ketayotgan kichik filchaga kutilmaganda sher hujum qilganini payqab qolgan. Biroq, fil yirtqichga darhol tashlanib, uni haydab yuborgan.

Brirlining so‘zlariga ko‘ra, filning laqabi Nablus bo‘lib, u 17 yoshda. 

Mavzuga oid