G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib tayinlandi
O‘zbekistonlik biznesmen G‘ofur Rahimov Xalqaro boks federatsiyasi AIBA prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar KUN.UZ‘ga ma'lum qilgan.
Bugun xalqaro tashkilotning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tgan va unda G‘ofur Rahimov AIBAning vaqtinchalik prezidenti etib saylangan. AIBAning prezidentligi uchun saylovlar 2018 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi va ungacha Rahimov vaqtinchalik prezident vazifasini bajarib turadi.
Ma'lumot uchun, G‘ofur Rahimov o‘zbekistonlik tadbirkor bo‘lib, ayni paytda Osiyo boks assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi. Ammo AIBA rasmiy saytida qayd etilishicha, uning nomzodi Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, AIBAning bundan oldingi prezidenti Vu Chjing Guo 2006 yildan 2017 yilning noyabr oyiga qadar tashkilot rahbari sifatida ishlagandi. So‘nggi 3 oydan buyon esa bu o‘rin bo‘sh qolayotgandi.
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024