Okeaniyada bortida 50 kishi bo‘lgan parom izsiz yo‘qoldi
Yangi zelandiyalik va fijilik qutqaruvchilar 18 yanvarda Kiribatining suv hududlarida yo‘qolib qolgan “Butiraoi” yo‘lovchi paromini birgalikda qidirishmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Parom 18 yanvarda reysga chiqqan va 20 yanvarda manzilga yetib kelishi kerak bo‘lgan. Yangi Zelandiya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, kema yaqinda yo‘qolgan deb e'lon qilindi. Bungacha qidiruvni faqat fijilik qutqaruvchilar olib borishgan. Ta'kidlanashicha, paromda 50ga yaqin kishi bo‘lgan.
“Butiraoi” paromi Okeaniya orollari o‘rtasida reyslar bajargan. Oxirgi reysning uzunligi 240 km ga yaqinni tashkil qilishi kerak bo‘lgan. Parom uzunligi 17,5 metr keladigan yog‘och katamaran bo‘lib, unda ta'kidlanishicha, harakatlantiruvchi parragi bilan muammolar bo‘lgan.

Mavzuga oid

20:01 / 28.07.2024
Erkaklar va ayollar alohida yashaydigan, toshda taom tayyorlaydigan qabila bilan yashagan o‘zbekistonliklar

12:23 / 03.03.2019
Osiyo o‘yinlarida endi Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi

14:45 / 30.11.2016
Avstraliyada namoyishchilar parlament yig‘ilishini to‘xtatib qo‘yishdi

10:31 / 26.09.2016