Sport | 00:44 / 29.01.2018
88477
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Chempionlar kutib olindi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionati g‘oliblari - O‘zbekiston U23 terma jamoasi a'zolarini kutib olindi.

Osiyo chempionati qahramonlarini kutib olish uchun futbol muxlislari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san'atkorlar, jurnalistlar va yoshlardan iborat yuzlab kishilar aeroportda jam bo‘lishdi.

O‘zbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo chempionati finalida Vetnam terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi. 

Turnirni Qatardan qabul qilib olingan mag‘lubiyat bilan boshlagan Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa guruhning keyingi o‘yinlarida Xitoy va Ummon termalari ustidan 1:0 hisoblarida g‘alaba qozonib, guruhdan chiqqandi. O‘yindan-o‘yinga kuchaygan O‘zbekiston termasi pley-off bosqichida turnir favoritlari sanalgan Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalarini 4:0 va 4:1 hisoblarida yengib, finalga chiqqandi.

Mavzuga oid