Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ahmadboyga mashinasini topshirganlardan 105 nafari o‘z avtomobillarini qaytarib olishdi
Moliyaviy piramida asoschisi Ahmad Tursunboyevga mashinasini topshirgan biroq hali rasmiylashtirib bermagan 100 dan ortiq kishi o‘z mashinalarini qaytarib olishdi. Bu haqda «O‘zbekiston-24» telekanalining 31 yanvar kungi «Axborot» dasturida xabar qilindi.
Telekanal xabariga ko‘ra, Ahmadboyga garovga topshirilgan 105ta avtomobil egalariga qaytarilgan. Avtomobilini qayta qo‘lga kiritganlardan biri shunday deydi:
— O‘g‘lim Ahmadboy haqida oshnalaridan eshitib, qiziqib qolib, mashinasini olib borib bergan va shu yerda adashgan. Umid qilaman, endi odamlar bunaqa ahmoqlikka uchmaydi. Buyog‘iga hammasi yaxshi bo‘ladi.
«Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» MChJlarning muassisi bo‘lgan Ahmadboy Tursunboyev odamlardan bir yilda ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan katta mablag‘lar, boyliklar va avtomashinalarni noqonuniy ravishda qabul qilganlikda ayblanib, 2016 yilda qamoqqa olingan edi.
KUN.UZ A.Tursunboyev ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgani, guvohlar ko‘rsatmalari tinglanayotgani haqida xabar qilgan edi. Biroq sud nima bilan tugagani, ayblanuvchiga hukm o‘qilgan-o‘qilmagani noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
18:10 / 19.05.2025
Uslub eski, vazifa yangi: O‘zbekistonda minglab odamlar navbatdagi moliyaviy piramida qurboni bo‘ldi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
10:51 / 11.02.2025
150 ming kishini chuv tushirgan bank – Rossiyadagi shov-shuvli moliyaviy piramida tarixi
18:05 / 05.02.2025