Sport | 11:20 / 31.01.2018
18654
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 7 bokschi Hindistondagi chempionatda final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

WSB musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Hindiston mezbonlik qilayotgan Indian Open turnirida ishtirok etmoqda.

Bugun, 31 yanvar kuni o‘zbekistonlik bokschilar yarim final bellashuvlarida ringga chiqadi.

10 vazn toifasida turnirga borgan O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili yarim finalga chiqqan. Mironshoh Ibragimov (49 kg) nimchorak finalda, Sherbek Rahmatullayev (60 kg) va Laziz Mullajonov (+91 kg) chorak finalda turnirni tark etdi. O‘zbekiston boks federatsiyasi 81 kilogrammgacha bo‘lgan sportchini Hindistonga yubormay, 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi ikki bokschini, Bahodir Jalolov va Laziz Mullajonovni turnirga jo‘natgan.

Endi final yo‘llanmasi uchun O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi 7 nafar vakili jang qiladi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Ushbu havola orqali sportchilarning ishtirokini kuzatish mumkin. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid