Jamiyat | 14:36 / 01.02.2018
4403
1 daqiqa o‘qiladi

Nintendo Mario haqida film suratga olinishini ma'lum qildi

Foto: AFP

Yaponiyaning videoo‘yinlar va ularga mo‘ljallangan qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Nintendo kompaniyasi Illumination Entertainment bilan hamkorlikda Super Mario Brothers o‘yini voqealari bo‘yicha film suratga oladi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida xabar qilingan.

Hamprodyuserlarga «Muzlik davri» hamda «Men yaramasman» multfilmlari orqali mashhur bo‘lgan Illumination Entertainment bosh ijrochi direktori Kristofer Meledandri hamda Marioni yaratgan, Nintendo bosh boshqaruvchi direktori Sigeru Miyamoto aylanadi.

The Wall Street Journal nashri 2017 yilning noyabrida Nintendo Mario haqida multfilm yaratishi mumkinligini yozgandi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Illumination Entertainment o‘sha paytda Nintendo bilan tegishli bitimni imzolashga yaqin turgan.

Mavzuga oid