Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ADWEEK haftaligi bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahridagi International Hotel Tashkent mehmonxona majmuasida 2018 yil 26 fevraldan 2 martgacha ADWEEK 2017 haftaligi bo‘lib o‘tadi. Yaqinlashib kelayotgan tadbir har yili o‘tkaziladigan tadbirlar taqvimida yorqin o‘rin egallashga va'da bermoqda.
Mazkur sohadagi mahalliy, shu bilan birga xorijiy ekspertlar ishtirokidagi master-klass va seminarlarning o‘tkazilishi, reklama, marketing, noshirlik va dizayn sohasidagi O‘zbekiston kompaniyalarining mahsulotlari namunalari, chet ellik hamkorlar bilan tadbirkorlik bitimlarini kengaytirish imkoniyatlari – tadbir mana shularni taqdim etadi.
Haftalik tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy marketing bozori asosiy ishtirokchilarining raqobat ustuvorliklarini rivojlantirish uchun maqbul muhitni yaratishga yordam beradi. Har yilgi voqealarning eng ajoyibi ADWEEK tanlovi bo‘lib, tanlov qudratli investorlar, hamkorlar va keng auditoriya diqqatini jalb etishga, 2017 yil mahsulotlari va brendlarini tashviq etishdagi eng zo‘r marketing va reklama qarorlarini taqdirlashga qaratiladi.
ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligida ishtirok etish kichik qismlardan jahon miqyosidagi festivalning haqiqiy manzarasini yaratish imkoniyatini beradi, ADWEEK tanlovi toifasida olingan mukofotlar esa, uning egasining nufuzliligi, ijodiy salohiyatliligi va o‘z kasbining mohiri ekanining yorqin va shak-shubhasiz ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025