Sport | 20:09 / 10.02.2018
10456
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Tottenhem» Keyn goli evaziga «Arsenal»ni mag‘lub etdi

Foto: Sky Sports

Angliya Premer-Ligasining 27-turida «Tottenhem» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi.

O‘yin taqdirini ikkinchi bo‘lim boshida Harri Keyn tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Futbolchi Ben Devisning chap qanotdan jarima maydoniga oshirgan to‘pini boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

Bu natijadan so‘ng, «Tottenhem» 52 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. «Arsenal» 45 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

APL, 27-tur
Tottenhem – Arsenal 1:0 (0:0, 1:0)

10 fevral, «Uembli» 
Gol: 1:0 – 49 Keyn. 
Tottenhem – Loris, Sanches, Devis, Tripper, Vertongen, Dayyer, Dembele, Eriksen, Alli (Vanyama, 85), Son Xyon Min (Lamela, 70), Keyn.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, El-Nenni (Ivobi, 65), Chaka (Uelbek, 86), Uilsher, O‘zil, Mxitaryan (Lyakazett, 65), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Mustafi (73), Lamela (79), Dayyer (90).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid