Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadada musulmonlarga ibodat qilish joyi taqdim qilish rad etildi – OAV
Pyongchangda o‘tayotgan Olimpiadada navbatdagi mojaro avj olmoqda. Chempionat.com’ning Yahoo Sports’ga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, Olimpiadaga kelgan musulmon ishtirokchilarga ular o‘yinlar vaqtida tashkil etilishini so‘rashgan namoz o‘qish xonalarini taqdim qilish keskin tarzda rad etilgan.
Olimpiadadagi ikkita markazdan biri hisoblanuvchi Kannin shahri turizm qo‘mitasi boshlig‘ining aytishicha, u dastlab bunday xonalarni tashkil etishga qarshi bo‘lmagan. Biroq mahalliy aholining qarshiligiga duch kelgan. Namoz o‘qish xonalariga qarshi petitsiyani 56 ming janubiy koreyalik imzolagan.
Ular soliq to‘lovchilarning pullari ibodat qilish xonalarining tashkil etilishiga sarflanishidan norozilik bildirishgan. “Olimpiada tashkilotchilari Janubiy Koreyani barcha dinlar va millatlarga mamnun davlat sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lishgandi, biroq, ko‘rinishicha, ularning bu urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Musulmonlar orasida norozilik faqatgina oshib boradi”, deyilgan nashrda.
Janubiy Koreyada 51 mlnga yaqin aholi yashaydi. Bu aholidan bor-yo‘g‘i 0,2 foizi islom diniga e'tiqod qiladi.
Bundan avvalroq Olimpiada tashkilotchilari Eron va Shimoliy Koreya vakillaridan tashqari, barcha olimpiyachilarga Samsung Galaxy Note 8 smartfonlarini taqdim qilishgandi. Bunday yo‘l tutilishiga ushbu ikki mamlakatga nisbatan xalqaro sanksiyalarning joriy qilingani sabab bo‘lgan. Bunday munosabat eronliklarning nafsoniyatiga tekkan.
Mavzuga oid
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:42 / 22.08.2018
2018 yilgi qishki Olimpiada bo‘lmasligi ham mumkin edi – XOQ
20:30 / 16.03.2018
Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor
14:12 / 13.03.2018