O‘zbekiston | 12:18 / 21.02.2018
6747
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bilan yangi kengash tuziladi

Foto: UzReport

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ishbilarmonlar kengashi tuziladi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi” nashri.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramovning aytishicha, mazkur kengashning birinchi yig‘ilishi prezidentning Tojikistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi doirasida tashkil etiladi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston tomonidan bildirilgan. Kengashda har ikki mamlakat tadbirkorlarini qiziqtiradigan masalalar muhokama etiladi.

Kengash doirasida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qariyb 15 mln AQSh dollariga teng eksport-import shartnomalarini imzolash ko‘zda tutilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid