Fan-texnika | 00:43 / 26.02.2018
31053
2 daqiqa o‘qiladi

Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlari taqdim etildi

Foto:  AP Photo / Richard Drew

Samsung kompaniyasi 26 fevralda yangi smartfonlari Galaxy S9 va Galaxy S9+’ni taqdim qildi. Taqdimot Barselonada o‘tayotgan Xalqaro mobil kongress doirasida yuz berdi.

Gadjyetlar dizayni avvalgi avloddagi smartfonlardan orqa panelidagi elementlari vertikal joylashgani bilangina farq qiladi. Barmoq izlari skaneri kamera moduli ostida joylashgan, bu esa obektivning ifloslanishi muammosini hal qiladi. 

S9 va S9+ displeylari mos ravishda 5,8 va 6,2 dyuymni, maksimal sifati Quad HD+ (1440 x 2880 piksel)ni tashkil qiladi. Telefonlarda 4 Gbddan 6 Gbgacha tezkor xotira o‘rnatilgan, doimoy xotirasi esa 64 Gbni tashkil qiladi. Shuningdek, microSD kartasi uchun joy bor.

Foto: Samsung.com

S9 smartfoni 12 megapikselli sensor bilan ta'minlangan, S9+ esa 12 megapikselli ikkita yonma-yon kamera olgan. Kameralar soniyasiga 960 ta kadr tezlik bilan suratga oladi.

Foto: Samsung.com

Qurilmalar biometrik shasxni o‘rnatishning uch usulini qo‘llab-quvvatlaydi, bular: ko‘z pardasi, barmoq izi yoki yuzni tanish funksiyasi yordamida. Smartfonlar shuningdek Dedicated Fingerprint funksiyasi bilan jihozlangan. Bu funksiya bir barmoq izini smartfonni ochishda, boshqasini himoyalangan papkaga kirishda qo‘llash imkonini beradi.

Foto: Samsung.com

   Modellar Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi.

Foto: Samsung.com

Mavzuga oid