Samsung’dan Galaxy S9 va S9+. Qanday jiddiy o‘zgarishlar bor?
Yangi taqdim etilgan Galaxy S9 va S9+’ga qarab shunday fikrga kelish mumkinki, bu safar Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi xuddi o‘tgan yilgi modellarga o‘xshash qurilmalarni taqdim etdi. Biroq, barchasi kichik detallar bilan farqlanadi.
Ha, ushbu modellar S8 va S8+’ga juda o‘xshaydi. O‘sha ekran, o‘sha burchaklar. Biroq yaqinroqdan olib qaralganda, oldimizda haqiqatdan ham yangi qurilmalar turganini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa bu qurilmalarning yangi kameralarida namoyon bo‘ladi.
Galaxy qatoridagi yangilikning kichik versiyasi 5,8 dyuymli ekranga ega. Kattasida – 6,2 dyuymli displey. Ekran tomonlarining nisbati har bir qurilmada 18,5:9’ga teng. Har ikkisi 2960 x 1440 piksel kenglikka ega. S9 modelida piksellar zichligi bir dyuymga 570ni tashkil etadi, S9+’da biroz kamroq - 529 ppi.
Barmoqlar izi skaneri endi kamera moduli ostida joylashgan. Samsung’dan ta'kidlashlaricha, qurilmalar stereodinamiklarida tovush sifatini yaxshilash bo‘yicha katta ishni amalga oshirishgan. Yangi qurilmalarda AKG dinamiklaridan foydalanildi, ular Galaxy S8’dan 40 foizga balandroq. Bundan tashqari, dinamiklar hajmli tovushni beruvchi Dolby Atmos 3D texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompaniya yuzni farqlash skaneri ishini ham yaxshiladi. Samsung yangi qurilmalarda «aqlli skanerlash» texnologiyasini taqdim etgan, u o‘z ichiga birdaniga ikki boshqa texnologiyani birlashtirdi. Endi telefon qaysi texnologiyadan foydalanishni o‘zi hal qiladi. Kam yoritilgan joyda – ko‘z pardasi skaneri ishga tushadi. Juda yorug‘da esa – yuzni farqlash skaneri.
S9 va S9+ yangi modellaridagi eng katta o‘zgarishlar tashqi kameralarda yuz berdi. Ayni damda bozorda bo‘lgan barcha smartfonlar obektivning qaydlangan diafragmasiga ega bo‘lsa, S9 hamda S9+’ning 12 megapikselli kamerasi birdaniga ikki diafragma va optik barqarorlashtirishga ega «Super Speed Dual Pixel» kamerasiga ega.
S9 modelida kamera aperturani suratga olish sharoitidan kelib chiqib o‘zgartiradi. Agarda atrofda yorug‘lik yetarli bo‘lsa, u f/2.4 diafragmasiga o‘tadi. Suratlar burchakdan to burchakka qadar aniq chiqadi. Biroq agarda sahna yomon yoritilgan bo‘lsa, kamera f/1.5 diafragmasiga o‘tib, fotosuratga nur qo‘shadi. U yoki bu diafragmani tanlash imkoni yo‘q. Tizim avtomatik tarzda ishlaydi.
S9+ modeli ikki kamera tizimiga ega. Ikkinchi obektiv asosiysining ustida joylashgan, f/2.4 diafragmasiga ega, shuningdek, tasvirni barqarorlashtirish bo‘yicha ichki joylashtirilgan optik funksiyasi bor. Ikki kamera «jonli fokus» funksiyasiga ega, u real vaqtda orqa fonni to‘g‘rilab olish imkonini beradi. Yangilikda «multikadr» funksiyasi ham bor. U to‘rt kadrdan yig‘ma hosil qiladi va ulardan so‘nggi tasvirni shovqinning juda past darajasi bilan yaratadi. Effekt HDR-fotosuratni yaratishda qo‘llaniluvchi holatga o‘xshash.
Super Speed Dual Pixel kamera sensori HD-kenglikda soniyasiga 960 kadr tezlikda sekinlashtirilgan videoni olish imkonini beradi. iPhone X «sloumo»ni faqat soniyasiga 240 kadrda oladi.
«Selfi» ishqibozlari frontal uskunalar panelida f/1.7 diafragmasi va avtofokusli 8 megapikselli kameraga ega bo‘lishadi. Shuningdek, ularga AR Emoji yangi funksiyasi yoqishi mumkin, u Animoji iPhone X’ga javob hisoblanadi.
S9 va S9+ Qualcomm Snapdragon 845 yangi protsessori bazasida ishlaydi. Kichik model 4 GB operativ xotiraga ega bo‘lsa, S9+ 6 GB RAM bilan jihozlangan. Har ikki qurilma 64 GB doimiy xotiraga ega. Biroq, microSD sloti tufayli bo‘sh joyni yana 400 GB.ga oshirish mumkin.
Samsung Galaxy S9 va S9+ 16 martda sotuvga chiqadi. Qurilmalarga buyurtmani 2 martdan berish mumkin. Tanlash uchun ranglar: Midnight Black, Lilac Purple, Coral Blue va Titanium Gray. Qurilma narxlari - S9 uchun 719,99 dollar va S9+ uchun 839,99 dollar.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024