Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahobiddin Zoirov qaytdi
WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Cuba Domadores» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi.
-56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirov «Cuba Domadores» vakili Robeysi Ramiresga qarshi ringga ko‘tarildi.
Besh raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Uzbek Tigers» vakili, Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Olimpiada chempionligidan keyin ancha vaqt katta janglarda ishtirok etmagan Shahobiddin Zoirov uchun qaytish jangiga aylangan bu jangdan so‘ng «Uzbek Tigers» - «Cuba Domadores» jamoalari o‘rtasidagi hisob 2:0 ko‘rinishini oldi.
Navbatdagi jangda -64 kg vazn toifasi vakili Iqboljon Xoldorov Endi Kruzga qarshi ringga chiqadi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025