Sport | 18:23 / 27.02.2018
13112
1 daqiqa o‘qiladi

«Uzbek Tigers» - «Cuba Domadores». Janglar boshlanish arafasida

Foto: KUN.UZ

WSB seriyasiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi bugun Kubaning «Cuba Domadores» jamoasiga qarshi jang qiladi. 

Janglar O‘zbekiston taekvondo federatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Boks kechasi soat 19:00da boshlanishi ko‘zda tutilgan. Ayni vaqtda arena janglarni o‘tkazishga shay holatda turibdi.

Bugun quyidagi juftliklar g‘oliblik uchun ringda kurash olib borishadi:

-49kg: Hasanboy Do‘smatov — Yohannis Argilagos

-56kg: Shahobiddin Zoirov — Robeysi Ramires

-64kg: Iqboljon Xoldorov — Endi Kruz

-75kg: Isroil Madrimov — Arlen Lopez

-91kg: Sanjar Tursunov — Erislandi Savon

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid