O‘zbekiston | 13:07 / 02.03.2018
17505
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IIBBda tergovchi va surishtiruvchilarga «maxsus sumkalar» berildi

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan tergovchi hamda surishtiruvchilarga hodisa joyida tergov harakatlari o‘tkazishga mo‘ljallangan, ichida zaruriy buyum va anjomlar jamlangan maxsus “Tergov sumkasi” tarqatildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, maxsus “Tergov sumkasi” tergovchi va surishtiruvchilarga hodisa joyida sifatli ashyoviy dalillarni, izlarni, ekspert tekshiruvi uchun namunalarni aniqlash hamda olish, sxemalar, chizmalar tuzishda, olingan ashyolarni rasmiylashtirishda, foto va videosuratga tushirishda, har qanday ob-havo sharoitlarida ham protsessual harakatlarini bekamu ko‘st amalga oshirishga yordam beradi.

 

Mavzuga oid