Jamiyat | 11:11 / 03.03.2018
17725
1 daqiqa o‘qiladi

Xususiy tadbirkor turmush o‘rtog‘iga pichoq urdi

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Yuqorichirchiq tumanida 12 fevral kuni soat 17.00larda Mirobod ko‘chasida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1975 yilda tug‘ilgan O.H. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i M.N.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada M.N. kasalxonaga yotqizilgan. O.H. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid