Qirg‘iziston prezidentining ilk 100 kuni: Jeenbekov nimalarga urindi?
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooranboy Jeenbekov vazifasiga kirishganiga 100 kun to‘ldi. O‘tgan vaqt mobaynida mamlakat hayotida katta o‘zgarishlar yuz bermagan bo‘lsada, milliy manfaatlar yuzasidan bir nechta amaliy qadamlar tashlandi.
Birinchi murojaat
Inauguratsiya marosimida amaldagi prezident birinchi qarori bilan sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevni «Ak-Shumkar» nishoni hamda Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlashini e'lon qildi.
Birinchi qaror
«Oq uy» tomon yo‘l olgan prezident endilikda ish joyiga hammadan ertaroq borishga qaror qildi. Gap shundaki, poytaxtning shox ko‘chasidagi tirbandlikka xizmat qilgan, prezident kortejining o‘tishi tartibga solindi.
Birinchi tashrif
Davlat rahbari sifatida Jeenbekovning ilk rasmiy xalqaro tashrifi Rossiyaga uyushtirildi. Uchrashuv davomida Rossiya prezidenti V.Putinga «Manas» ordenini ham taqdim etishga ulgurdi. Shundan so‘ng, Minsk shahriga yo‘l olgan qirg‘iz xalq yetakchisi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari bilan uchrashdi.
Birinchi rasmiy tashrif
Sooranboy Jeenbekov amaliy tashriflardan so‘ng, ilk rasmiy tashrifni O‘zbekistondan boshladi. Shavkat Mirziyoyev bilan ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy, hududiy-chegaraviy, madaniy aloqalar muhokama etildi. Keyinchalik, u Ostonaga yo‘l oldi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024