Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yigit qizni daydi itlar hujumidan himoya qila turib hayotdan ko‘z yumdi
O‘zbekistonlik o‘n to‘qqiz yoshli Oleg Shushunov Moskva viloyatida bir qizni daydi itlar hujumidan himoya qila turib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.
Aytilishicha, dovyurak bola to‘qqizta och itni qizdan chalg‘itib qo‘rqitishga uringan paytda itlar galasi uni g‘ajib tashlagan.
Fojia Jyeleznodorojnaya ko‘chasidagi turarjoy yaqinida sodir bo‘lgan. 26 yoshli qiz kechasi dugonasinikidan qaytib kelayotganda, unga uysiz hayvonlar tashlanib qolgan.
“Yana biroz yurganda itlar uni burdalab tashlardi. Shu payt qayerdandir qo‘lida tayoq bilan yosh yigit paydo bo‘lib qoldi. “Olov”ni o‘ziga olar ekan u jahli chiqqan ko‘ppaklarni goh o‘ng, goh chap tomonga itqitardi, ammo kuchlar teng emasdi. Qo‘shnilar yordamga yetib borguncha, itlar Olegni tiriklayin chaynab tashladi”, — deyiladi xabarda.
Besh nafar katta yoshli erkaklar kelgandan so‘nggina, ko‘ppaklarni haydashning uddasidan chiqildi. Voqea joyiga yetib borgan shifokorlar ayolni shifoxonaga yuborishdi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng uning ahvoli og‘irligicha qolgan.
Qurbon bo‘lgan Oleg Shushunovning oilasi O‘zbekistondan Rossiyaga ko‘chib borganiga to‘rt yil bo‘lgan edi. Oleg beva qolgan turmush o‘rtog‘i bilan bir necha oydan so‘ng farzand ko‘rishni kutishayotgan edi.
Nashrga ko‘ra, ayni paytda mahalliy huquq-tartibot organlari tomonidan ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilyapti.
Mavzuga oid
12:53 / 03.03.2025
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda fuqaro itlar hujumidan so‘ng vafot etganini rad etdi
14:32 / 16.11.2024
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
13:34 / 17.10.2024