Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyadagi osma yo‘lda jiddiy avariya yuz berdi (video+foto)
Gruziyaning Gudauri tog‘-chang‘i kurortidagi osma yo‘lda avariya yuz berishi oqibatida kamida 11 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi. Voqea 16 mart kuni yuz bergan.
Voqea guvohlari yuz bergan holatni mobil telefonlariga qayd qilganlar.
Videoda osma yo‘lning harakatlanuvchi elementlari belgilangandan ancha tezroq harakatlanayotgani ko‘rish mumkin. Bunga esa osma yo‘lda elektr energiya o‘chib qolgani va o‘rindiqlarni ushlab turuvchi tizimlar ishlamay qolgani sababli o‘rindiqlar orqa yo‘nalishda katta tezlikda tushgani sabab bo‘lgan.
Buning oqibatida osma yo‘ldagi bir qism odamlar o‘rindiqlaridan tushib ketganlar, qolganlari esa osma yo‘lning burilish qismida hosil bo‘lgan o‘rindiqlar uyumiga borib urilmaslik uchun pastga sakray boshlaganlar.
Osma yo‘l to‘xtab qolgandan keyin yuqorida qolib ketgan odamlar qutqaruvchilarni kutishlariga to‘g‘ri kelgan.
O‘tgan hafta Gruziya OAVda osma yo‘l ishida nosozliklar kuzatilayotgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024