Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida «Navro‘z» bayrami arafasida «Yong‘in profilaktika kuni» tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 may kunidagi PQ-2992-sonli «Ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 6-bandida haftaning har chorshanba kuni «Yong‘inlar profilaktikasi kuni» deb belgilangani munosabati bilan joriy yilning 14 mart kuni Toshkent viloyati hududidagi barcha shahar va tumanlarida «Yong‘in profilaktika kuni» tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida DYoXX xodimlari viloyat hududidagi mahallalarda, Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarda, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida, kollej va boshqa korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar o‘tkazib, fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar oldini olish borasida tushunchalar berib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishlari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishdi.

Tadbir doirasida «Navro‘z» umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida xavfsizlikni va yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida viloyat hududidagi barcha shahar va tumanlarda bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan joylarni va atrofidagi obektlar ko‘rikdan o‘tkazildi.



Shu bilan birga favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylarda viloyat yong‘in xavfsizligi xizmatining jangovar yong‘in o‘chirish bo‘linmalarini jalb qilgan holda ular tomonidan amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlar o‘tkazildi.





Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025