O‘zbekiston | 01:40 / 18.03.2018
11806
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 2018 yilda 1292ta loyiha amalga oshiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand viloyatida 2018 yili barcha sohalarda 3,8 trln so‘mlik 1292ta yirik va kichik loyihalar amalga oshiriladi. Buning hisobiga 14500 yangi ish o‘rni barpo etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Past darg‘om tumanida viloyat faollari bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri.

“Birinchidan, 3,8 trln so‘m, men bugun taqdim etgan mablag‘lardan tashqari. Ikkinchidan, viloyatdagi barcha tijorat banklarining 77ta filiali tomonidan o‘z mijozlariga faoliyatlarini kengaytirish bo‘yicha manzilli ko‘mak berish hisobiga 34 200ta ish o‘rni yaratiladi. Bu nima degani? 77ta bank mijozlarini chaqirib, ishingizni rivojlantirishingiz uchun biz nima qilaylik? Qanday sharoit yaratib beraylik, deb so‘rashini anglatadi. Tumandagi 4 sektor rahbari, bugungi mening topshiriqlarimdan kelib chiqib, men shunday-shunday qilaman, deb yo‘l xaritasi yozib berasizlar”, - dedi Prezident.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid