Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada yong‘in, bir kishi halok bo‘ldi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 16 mart kuni soat 13.18larda Harakat MFY Tutzor 2-tor ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan B.S.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uyning pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida B.S.ning 2006 yilda tug‘ilgan o‘g‘li kuygan holdagi jasadi topilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025