Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda prezident saylovlariga kelmaydiganlarga jarima solinadi
Misr hukumati mamlakat prezidenti saylovlarida ovoz bergani kelmaydigan fuqarolarga jarima soladi. Bu haqda yuqori lavozimli mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda MeNA axborot agentligi ma'lum qildi.
“Qonunga ko‘ra, prezident saylovlarida ovoz berishdan bosh tortuvchi har bir saylovchiga 500 Misr funti (30 dollar) miqdorida jarima solinishi mumkin”, deb ma'lum qilgan manba.
Uning ta'kidlashicha, gap saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan va saylov uchastkasiga uzrli sababsiz kelmagan saylovchilar haqida bormoqda.
Misrda 26 martda 3 kun o‘tuvchi prezident saylovlari boshlandi. Saylovchilar ro‘yxatiga mamlakatning 60 mln fuqarosi kiritilgan. Misrda 13 mingtadan ko‘proq saylov komissiyalari faoliyat yuritmoqda. Saylovlar 28 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00da tugaydi.
Misr prezidenti lavozimiga 2 nomzod: amaldagi prezident Abdul Fattoh as-Sisiy hamda “Al-Gad” partiyasi yetakchisi Muso Mustafo Muso da'vogarlik qilmoqda.
Saylovlar natijalari 2 aprelda ma'lum qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025