Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemerovodagi yong‘inda jabrlanganlar soni 76 kishiga yetdi
Foto: RIA "Novosti"
Kemerovodagi savod markazida yuz bergan yong‘in oqibatida yetmish olti kishi jabrlandi. Bu haqda RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbaga asosan xabar bermoqda.
Agentlikka oblast sog‘liqni saqlash departamentidan aytishlaricha, shifoxonada 14 nafar jabrlanuvchi qolmoqda, jumladan ikki bola. Ulardan olti nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Jabrlanuvchilarning aksariyati mahsulotlar yonishidan zaharlangan, qolganlarning yuqori nafas yo‘llari zarar ko‘rgan.
"Zimnyaya vishnya" to‘rt qavatli savdo markazidagi yong‘in 25 mart kuni ro‘y berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 64 kishi halok bo‘lgan.
Bugun Kemerovoda yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning dafn marosimlari bo‘lib o‘tmoqda, ular shahardagi to‘rtta qabristonda dafn qilinadi.
Yong‘in bo‘yicha ish yuzasidan besh gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ular orasida qo‘riqlash xizmati xodimi ham bor, u, tergov ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqida signal kelib tushganida tizimni o‘chirib qo‘ygan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025