Light | 00:16 / 29.03.2018
75050
4 daqiqa o‘qiladi

Oltindan qimmat metallar (fotojamlanma)

Hoynahoy, kaliforniy 252 metallining narxini hatto taxminan ham ayta olmasangiz kerak. Bu ajablanarli emas, zero qandaydir metallning atigi bir grammi 10 million dollarga baholanashini tasavvur qilish qiyin. Metall turining bu darajada qimmatligi uning noyobligi bilan izohlanadi. Butun dunyoda atigi 5 gramm atrofidagi kaliforniy-252'ni topish mumkin. Kaliforniy birinchi marta 1958 yilda aniqlangan. Metall radioaktivligi bilan ajralib turadi. U parchalanganda ulkan miqdordagi energiya ajraladi. Quyida diqqatingizga havola qilinadigan metallar u yoki bu jarayon uchun muhim ahamiyatga ega. Shunisi qiziqki, biz qimmat hisoblaydigan oltin - ular orasida eng arzoni.

Oltin

Narxi: bir grammi - 56 dollar

Foto: Life-Pics.ru

Oltin — juda og‘ir metall: sof oltin zichligi 19 621 kg/m'ga teng. Metallar orasida zichligi bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallaydi, undan oldingi o‘rinlarda - osmiy, iridiy, reniy, platina va plutoniy. Oltinning yuqori zichligi uni qazib olish jarayonini yengillashtiradi.

Rodiy

Narxi: bir grammi - 58 dollar

Foto: Life-Pics.ru

Rodiy asosan katalitik konvertorlarda avtomobilning uglerod chiqindilarini pasaytirish uchun qo‘llaniladi. Bu metall hech qanday biologik ahamiyatga ega emas. Rodiy birikmalari kundalik hayotda kamdan-kam uchraydi va ularning inson organizmiga ta'siri oxirigacha o‘rganilmagan. Shunga qaramay, ular yuqori toksik va kanserogen modda hisoblanadi.

Platina

Narxi: bir grammi - 60 dollar

Foto: Life-Pics.ru

Platina va uning qotishmalari zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Jahon zargarlik sanoati yiliga 50 tonna atrofidagi platinani iste'molda qo‘llaydi. Hozirda Xitoyda umumiy massasi 25 tonna bo‘lgan platinadan 10 millionga yaqin zargarlik buyumi sotiladi.

Plutoniy

Narxi: bir grammi - 4000 dollar

Foto: life-pics.ru

Kumush-oqish rangdagi og‘ir nozik radioaktiv metall. Davriy jadvalda aktinoidlar oilasida joylashgan. Yadroviy qurol, atom reaktorlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishda va kosmik qurilmalar uchun energiya manbai sifatida keng qo‘llaniladi.

Tritiy

Narxi: bir grammi - 30 ming dollar

Foto: Life-Pics.ru

Bir kilogramm tritiy ishlab chiqarish 30 million dollarga tushadi. U yorug‘lik manbalarida tritiy yoritgichi sifatida qo‘llaniladi.

Osmiy-187

Narxi: bir grammi - 200 ming dollar

Foto: Life-Pics.ru

Ancha murakkab jarayonlar natijasida olinuvchi qimmatbaho osmiy metalli yetti izotopdan iborat. Har bir izotop turli massa raqamlariga ega - 184 dan 192 gacha, 185 va 191 bundan mustasno. Asosiy moddada bu metallning har bir turi mavjudligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning massasi raqami oshishiga bog‘liq. Eng og‘ir 192 izotop tabiiy osmiy umumiy hajmining 41 foizini egallaydi, 187 izotop esa - atigi 1,6 foizni.

Kaliforniy 252

Narxi: bir grammi - 27 million dollar

Foto: Life-Pics.ru

Ishlab chiqarishda bu qadar qimmat element uchun kaliforniy izotoplari hech qanday amaliy qo‘llanmaga ega emas. U 1958 yilda kashf qilingandan beri bor-yo‘g‘i bir marta G‘arbda ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid